Kaftga o‘xshash tumor
Assalomu alaykum! Ollox kilaetgan ishlaringizga baraka va ajrini kupaytirib bersin. Men bir xolatni kurib uylanib koldim, 3 yoki 4 kishini moshinasida osilgan kaftga uxshagan tumor (amulet) ni kurib bu shirk narsa ekanligiga gumonga bordim. internetdan kidirgan edim, vikipediya degan saytda bu narsa xamma din vakillari, xatto biz musilmonlar xam ishonadi degan gaplar yozilgan ekan. Oxirgi paytlarda bu narsa kalitga osiladigan brilok eki estalik uchun suvenir kurinishlarida kup uchraydigan bulib koldi. shu narsani bilib bilmey osib olgan odamlarga uz javobingizni bersangiz iltimos. Iloji bulsa shu javobingizni va tumorni rasmi bilan telegramm kanaligiz orkali xam junatsangiz. Savolimda xatolar bulsa eki odobsizlik kilgan bulsam uzurimni kabul kilinglar. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! - Imom Ahmad Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim tumor taqsa, batahqiq shirk keltiribdi, deganlar. عَنْ عِيسَى عَبْدِ الرَّحْمَنِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: دَخَلْتُ عَلَى أَبِي مِعْبَدٍ الْجُهَنِيِّ أَعُودُهُ وَبِهِ حُمْرَةٌ فَقُلْنَا: أَلَا تُعَلِّقُ شَيْئًا؟ قَالَ: الْمَوْتُ أَقْرَبُ مِنْ ذَلِكَ، قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ تَعَلَّقَ شَيْئًا وُكِلَ إِلَيْهِ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Iyso ibn Abdurrohman roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Abu Me’bad al-Juhaniyni ko‘rgani oldiga kirdim. Unga qizil narsa toshgan ekan. «Biror narsa osib olmaysanmi?» dedim. «Undan ko‘ra o‘lgan yaxshiroq. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kim bir narsa osib olsa, o‘shanga suyantirilur», deganlar», dedi u». Ikkisini Termiziy rivoyat qilgan. Alloh oliy va bilguvchiroqdir. Sharh: Ya’ni tumor osgan odam «Mana shu osgan tumorim menga shifo beradi yoki balo-ofatlardan saqlaydi», degan e’tiqodga borib qoladi. Shuning uchun shariat ruxsat bergan chegaradan chiqmaslik lozim. Alloh taologa tavakkul qilib, shariatimiz amr qilgan tib va dam solishni qo‘llash kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan).Vallohu a’lam!
1 May 2022, 05:03 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda