Etimlik haqida

Assalomu alaykum! Singlimning oilasi buzilgan, bitta farzandi bor. Unga qilingan yaxshilik etimga qilingan yaxshilik o‘rnida o‘tadimi yoki unday emasmi? Javob uchun rahmat katta!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatda faqat otasi o‘lganni etim deyiladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: السَّاعِي عَلَى الْأَرْمَلَةِ وَالْمِسْكِينِ كَالْمُجَاهِدِ فِي سَبِيلِ اللهِ - وَأَحْسِبُهُ قَالَ يَشُكُّ الْقَعْنَبِيُّ - كَالْقَائِمِ لَا يَفْتُرُ، وَكَالصَّائِمِ لَا يُفْطِرُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Beva va miskin uchun elib-yuguradigan kishi Allohning yo‘lida jihod qiluvchi kabidir. – Qa’nabiy: «Menimcha, u (Molik) – Madorsizlanmay qoim turuvchi va og‘zini ochmay ro‘za tutuvchi kabidir» degan», deb ikkilandi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).

Ajrashgan ayolning farzandi etim darajada bo‘lmasada etim hukmida bo‘ladi, chunki ular ham otaning mehridan mahrum darajada bo‘ladi. Etimni savobiga ega bo‘lish uchun hamma unga yaxshlik qilishga shoshiladi. Bunday bolalarga esa otasi borku deb beparvo bo‘lishadi. Ular juda ko‘p narsada etimdan ham nochorroq holga tushib qoladilar. Ularga qilingan nafaqaning savobi ulkan bo‘ladi. عن سهل بن سعد رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: « من عال جاريتين حتى تبلغا كنت أنا وهو كهاتين” وأشار بالسبابة والوسطى» أخرجه الترمذي  Sahl ibn Sa’ad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kim ikki qizni balog‘atga etgunicha o‘z tarbiyasiga olsa, edirib, ichirib, kiydirsa men va u mana bunday deb ko‘rsatkich barmoqlari bilan o‘rta barmoqlarini birga qildilar” dedilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar