Ikki musulmon xafalashib qolsa
Assalomu Alaykum! Hurmatli ustozlar, bilishimcha agar odam bir yaqin insoni bilan urishib qolsa, to ular yarashmagunlaricha ular qilgan savoblariyu duolari o‘tmaydi deyilgan, lekin ulardan birontasi yarashishga bir qadam qo‘yib buni ko‘p marotaba qaytargan bo‘lsayu, ammo ikkinchi odam javob qaytarmagan bo‘lsa birinchi odamga gunox yozilmaydimi? Savolim noqulayliklar tug‘dirgan bo‘lsa oldindan uzur so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kechirim so‘ragan bo‘lsa duolari ijobat bo‘lishini umid qilinadi. Uzr so‘raydigan odam ikki qismga bo‘linadi. Qilgan ishiga pushaymon bo‘li haqiqatan uzr so‘rasa kechirishga mustahiq bo‘ladi. Bunday odamni kechirmagan inson hadisda qattiq qoralangan. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Sizlarga yomonlaringizni xabarini beraymi” deb ba’zi kishilarni sifatlarini bayon qildilar. So‘ng bulardan ham yomonrog‘ini xabarini beraymi deb “Odamlarni xatosini kechirmagan, uzrini qabul qilmagan va gunohini kechmagan kishidir” deganlar. Ikkinchisi agar kechirim so‘rayotgan inson kechirimida sodiq bo‘lmasa uzrini qabul qilmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Alloh taolo “Nur” surasi 22-oyatida “...Afv etsinlar, o‘tib yuborsinlar. Allohning sizlarni mag‘firat qilishini sevmaysizlarmi?! Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir” va “Shuuro” surasi 40-oyatida “Kim afv etib, isloh qilsa, uning ajri Allohning zimmasidadir. Albatta, U Zot zolimlarni sevmas” deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:10 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar