Foizsiz texno do‘kon

Assalomu alaykum! Kredit foiz ribo xarom ekanligini bilaman. Biz shunday Texno do‘kon ochmoqchi edik, undagi tovarlarni 1 yilga foizsiz kredit sistemasida yani bo‘lib to‘lashga beradigan qilib ochmokchi edik. Yani yozilgan narxini xech qanday foizlarsiz bo‘lib to‘laydigan qilib. Shunga sizdan so‘ramoqchi edim, foizsiz shu ko‘rinishda do‘konni ochsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahsulotingizni mijozlarga taqsit yoki nasiya savdo ko‘rinishida sotishingiz joiz. “1yilga foizsiz kredit sistemasida” deb yozganingizga qaraganda, o‘rtada bank aralashuvi borga o‘xshaydi, shuni bizga aniq qilib yozmabsiz. Yirik ish boshlamoqchi ekansiz, o‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga uchrab, savdodagi halol va haromni to‘liq o‘rganib oling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 214 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar