Meditatsiya haqida

Assalomu alaykum! Ruxshunoslarimiz insonni davolash maqsadida meditatsiyalar praktikalar qildirishadi. Masalan: og‘riyotgan joyingingizga yoki kasal a’zoga ko‘zni yumgan holda ilohiy nur tushayotganini, shu nur orqali inson a’zolari tiklanib, butunlay sog‘ayishni boshlagani tasavvur qilinadi. Bu muolajalar ya’ni meditatsiyalar mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu meditatsiya emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan o‘g‘irlab unga o‘zgacha nom qo‘yib olishdir. عَنْ عُثْمَانَ بْنِ أَبِي الْعَاصِ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّهُ شَكَا إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَجَعًا يَجِدُهُ فِي جَسَدِهِ مُنْذُ أَسْلَمَ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: ضَعْ يَدَكَ عَلَى الَّذِي تَأَلَّمَ مِنْ جَسَدِكَ، وَقُلْ بِاسْمِ اللهِ ثَلَاثًا، وَقُلْ سَبْعَ مَرَّاتٍ أَعُوذُ بِاللهِ وَقُدْرَتِهِ مِنْ شَرِّ مَا أَجِدُ وَأُحَاذِرُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَلَفْظُهُمَا: أَتَيْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَبِي وَجَعٌ قَدْ كَادَ يُهْلِكُنِي، فَقَالَ: امْسَحْهُ بِيَمِينِكَ سَبْعَ مَرَّاتٍ، وَقُلْ أَعُوذُ بِعِزَّةِ اللهِ وَقُدْرَتِهِ مِنْ شَرِّ مَا أَجِدُ، قَالَ: فَفَعَلْتُ ذَلِكَ، فَأَذْهَبَ اللهُ مَا كَانَ بِي، فَلَمْ أَزَلْ آمُرُ بِهِ أَهْلِي وَغَيْرَهُمْ   Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Islomga kirganidan buyon jasadida paydo bo‘lgan og‘riqdan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:
«Qo‘lingni jasadingdagi og‘rigan joyga qo‘y va uch marta «Bismillah», etti marta «A’uzu billahi va qudratihi min sharri maa ajidu va uhaziru», degin», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Abu Dovud va Termiziyning lafzida:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordim. Mendagi og‘riq meni halok qilishiga sal qolgan edi. Bas, u zot:
«O‘sha erni o‘ng qo‘ling bilan silagin va etti marta «A’uzu bi izzatillahi va qudratihi min sharri ma ajidu», degin», dedilar.
Bas, shungday qilgan edim, Alloh mendagi bor narsani ketkazdi. Shundan buyon ahlimga va ulardan boshqalarga ham shuni buyuraman» deyilgan.
Sharh: Duoning ma’nosi bunday: «Allohning izzati va qudrati ila o‘zimda his qilayotgan narsaning yomonligidan panoh tilayman». 
("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:19 | Savol-javoblar | 151 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar