O‘zbek millatining payg‘ambari

Assalomu alaykum! Aziz ustoz Allox sizdan rozi bo‘lsin noo‘rin savol berayotgan bo‘lsam aqlsizligim uchun meni kechiring qalbim shubhada qolib shayton vasvasa qilmasligi uchun sizga savol berib javobini olib ko‘nglim joyiga tushishini hohlayman. Yunus surasining 47-oyatida "Har bir millat uchun payg‘ambar bo‘lur. Bas,qachon payg‘ambarlari kelganida,o‘shalarga zulm qilinmagan holda, ularning o‘rtalarida adolat bilan hukm qilinur.")(Alouddin Mansur tarjimasi) shu oyatni sharhlab bersangiz men Muhammad payg‘ambarimizga iymon keltiraman va ularning ummatlaridandurman. U so‘nggi xah rost payg‘ambardur. Men tushunishimcha demak O‘zbek millati uchun ham RASULULLOHdan oldin payg‘ambar kelgan ekanda. Ahir Odam alayxisalom va Rosulullohning orasida minglab payg‘ambarlar o‘tganku. Shundaymi? Iltimos shuni tushuntirib bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yunus surasining 47 oyatidagi “أُمَّة” kalimasi ba’zi kitoblarda “millat” deb tarjima qilingan. Bundan esa “insonlar jamoasi” nazarda tutilgan bo‘lib, siz yuqorida aytayotgan ma’no iroda qilinmagan. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 170 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar