Duoning haqiqiyligi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, internetdagi bir manba’da, quydagi duoni o‘qigan odam amali qancha bo‘lsa xam jannatga kiradi deb o‘qigan edik. Shu ma’lumotni qanchalik xaqiqiyligin tasdiqlab berishingizni iltimos qilamiz: "Yakkayu yagona Allohdan o‘zga ilox yo‘qligiga, Muhammad Allohning bandasi va elchisi ekanligiga, Iso Allohning bandasi Maryamga yuborgan so‘zi va uning xuzuridan bo‘lgan rux ekanligiga, jannat haqligiga jaxannam haqligiga shaxodat keltiraman".
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu iymon kalimasi. Kofir odam yoki nasoro dinidagi Iysoni Xudo deb biladigan kishilar bu so‘zni ya’ni “Iso Allohning bandasi Maryamga yuborgan so‘zi va uning xuzuridan bo‘lgan yaratilgan ruh” desa musulmon bo‘ladi va o‘tgan o‘zi bilan Alloh orasidagi gunohlari kechiriladi. Chunki hadislarda “Islom o‘zidan avvalgi gunohlarni yuvib tashlaydi” deyilgan ma’nolar bor. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:27 | Savol-javoblar | 157 | Duolar