Xotinni qo‘rqitib taloq qilish
Assalomu alaykum! Xozirda men xotinim, qaynonam Rossiyada ishlayapmiz. Men bir marta xotinim bilan urishib, talok degan edim, jaxl ustida. Keyin otam “Taloq ikki marta bo‘ladi” deb bizga nikox o‘qib, nikoximizni yangilagan edi. Men uch kun oldin xotinim bilan urishib qolib, jaxl ustida qaynonamga : qizinggiz endi menga xarom degandim. Keyin xotinimni o‘ziga xam qo‘rqitish uchun seni uch taloq qilganman, menga yaqinlashma dedim. Lekin taloq qildim deb atmadim. Xamma gaplarim qo‘rqitish bo‘lgan. Niyatim qat’iy emas edi. Alloh taolo qalbimizga qaraydiku. Endi taloq tushgan bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oralaringizga uch taloq tushgan. Xotinni qo‘rqitish uchun taloq aytilmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:27 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush