Dinda bahs yuritish

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlarning saytingiz orkali islom dinimizni yaxshiroq va to‘g‘ri tushunib boryapman. Ammo yaqinlarim dinda ilmsiz. Onam va singlim namoz o‘qiydilar, lekin ko‘p narsalarni bilishmaydi. Saytda o‘qigan fatvolarni aytsam ishonishmaydi. Qaynona qaynotam, erim esa umuman islomiy farzlarni bajarishmaydi, dinni tushunishmaydi. Namoz o‘qish yoki ro‘za tutish uchun erdan yoki uyni kattalaridan ruxsat olish kerak deyishadi. Yaqinda o‘zimning xolam (yoshlari 60 dan oshgan) Fotima onamiz payg‘ambarimizni xotinlari, jannatda birga qovushishadi deb aqlga sig‘mas ma’lumotlarni aytdilar. Shunaqa xolatlarda rosa baxslashib ketaman. Jim o‘tirolmayman jaxlim chiqib ketadi. Agar dalillar bilan gaplari noto‘g‘riligini bilib tursam, yoshi katta bo‘lsa xam ular bilan din xaqida tortishsam gunox bo‘ladimi yoki indamaganim ma’qulmi? Unda noto‘g‘ri tushunchada qolib ketishadiku? Bilmaganlarga o‘zlarini fikrlarini singdirishadiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ularga ham hikmat va yumshoqlik bilan haqni tushuntirib qo‘yish kerak. Siz avval yaxshilab tushunib o‘qib oling, inshaa Alloh hali hammasini ular ham tushunib etishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:27 | Savol-javoblar | 144 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar