Yangi uyga marosim

Assalomu alaykum! Oilaviy namoz o‘qimiz(8 yashar qizim xam). Yangi uy olganmizga 1 yil bo‘ldi. Xali uyda qo‘shnilarni chaqirib xech qandey marosim o‘tkazmadik. O‘zi aslida yangi uy yoki mashina sotib olganda biror narsa qilish kerekmi? So‘rashimni boisi, ko‘chib kelganimizdan beri men operatsiya bo‘ldim, 4 yoshli o‘g‘lim operatsiya bo‘ldi, endi mashinamiz avariya bo‘ldi (kichik avariya moshinamizga ozgina shikast etdi). Xo‘jaynimga tinmay kasal bo‘layapmiz, qo‘y so‘yib qo‘shnilarga tarqataylik yangi ko‘chib keldik desam, erim “bu marosimlar yo‘q narsa qilmasa xam bulaveradi. Uyimizni chalasi bor odam chaqirolmiman” deyapdilar. Yoki Allohni bizga bergan sinovlarimi bu?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taqdirda yozilgani albatta bo‘ladi. Ehson qilish uchun ko‘pgina narsa bo‘lishi shart emas. Mahalladan biror nochor oilaga bir kg go‘sht biror idishda yog‘, kabi narsalarni ehson qilishdan ham maqsad hosil bo‘laveradi. Bunchaligi riyoga ham kibrga ham kirmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:30 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar