Shomdan keyin Voqea surasini o‘qish
Assalomu alaykum! Bizlarga ota-onalarimiz namozga o‘rgatib, shom namozidan keyin Voqea surasini tilovat qilish kerakligi, boshqa suralarni o‘qib bo‘lmasligini aytishgan. Bu ishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shom namozidan keyin Voqi’a surasini o‘qish ham, uning o‘rniga boshqa surani o‘qish ham yoki qiroatni tark qilish ham joiz. Umuman, ushbu namozdan so‘ng biror oyatni tilovat qilish tayin qilinmagan. Voqi’a suraning fazilati borasidagi hadisda esa “har kecha o‘qisa” deyilgan, “shom namozidan keyin o‘qisa” deyilmagan.عن ابن مسعود -رضي الله عنه- أن النبي صلى الله وسلم قال: من قرأ سورة الواقعة في كل ليلة لم تصبه فاقة أبداً.Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy alayhissalom:
«Kim Voqi’a surasini har kecha o‘qisa, kambag‘allik va hojatmandlik ko‘rmaydi», – deganlar. (Bayhaqiy rivoyati). Vallohu a’lam!
21 Avgust 2022, 21:52 | Savol-javoblar | 175 | Namoz