Tole’noma haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz Toshkent markazidagi Temuriylar tarixi muzeyiga kirganimizda Tole’noma degan jadvalni ko‘rganmiz. Uni gid bizga Amir Temur davrida tug‘ilgan shahzodalarni oy, kuni ya’ni burjiga qarab, kelajakda qay sohani tanlasa to‘g‘riroq bo‘lishini bilib, ularni o‘sha yo‘nalishda tarbiyalashgan, degan ma’lumotni aytgan. O‘sha jadval muzeyda hozir ham bor. Bilamizki, sohibqiron bobomiz hofizi Qur’on bo‘lgan va Qur’onning mazmun-mohiyatini yaxshi anglagan va hayotga tadbiq etib yashagan. Savolim quyidagicha: Nima uchun ilmi nujum (burjlar ilmi) bugunda ba’zi bir islom ulamolari tomonidan rad etilmoqda? Axir, bu ko‘p asrlardan beri sinalgan va haqiqatga asoslangan ilm-ku? Kelajakni bashorat qilmay, shunchaki insonning fe’liga ta’rif bersa ham va bu ta’rif to‘g‘ri bo‘lsa ham bu ish harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Amir Temurga nisbatan bu kabi juda ham ko‘p to‘qima gaplar va to‘hmatlar aytilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 198 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Amir Temurga nisbatan bu kabi juda ham ko‘p to‘qima gaplar va to‘hmatlar aytilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 198 | Islam