Juda ko‘p gunoh
Assalomu alaykum! Hozirgi xayotimizda gunox va savovdan iborat hayotda yashayabmiz ekan. Ko‘z zinosi, g‘ino(musiqa tinglash) til ofatlari(g‘iybat, chaqimchilik va hokazo), taqlid(g‘arb yoki sharqqa), riyo, ribo, yolg‘ochilik va birovni haqqini eyish. Shu barcha gunoxlarni qilgan insonni tavbasi haqida kitoblarni qidirdim, lekin topa olmadim. Shuning uchun siz azizlardan yordam so‘rab Tavba yo‘lini ko‘rsatishingizni so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir davrning o‘z balosi va muhim muammosi bo‘ladi. Bir vaqtlar savobning eng kattasi faqirlarga taom edirish, kiyim kiydirish, etimlarni parvarishga olish bo‘lsa, hozirgi kunda farz ibodatlarni bajarilgandan keyingi eng muhim va savobi o‘ta daraja yuqori bo‘lgan ish gunohdan saqlanish bo‘lib qoldi. Chunki hozirda ochidan o‘lgan, kiyimsiz qolgan va parvarishsiz qolgan kishilar juda kamchilik, hatto yo‘q desa ham bo‘ladigan darajada. Etimlarni qaramog‘iga olishga navbat kutib turganlar qancha, hatto zinodan tug‘ilgan bolalarni ham zinodan tug‘ilganiga qaralayotgani yo‘q. Chiroq yonishi uchun manfiy va musbat topilishi kerak. Ikkisidan biri bo‘lmasa chiroq yonmaydi. Xuddi shuningdek gunohlarni tark qilish manfiy, farzlarni ado qilish musbat hisoblanadi. Ikkisidan biri topilmasa qalbda yorug‘lik bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘zi hech kimga ozor bermaydi, gunoh ishlarni ham qilmaydi, shu bilan birga namoz ham o‘qimaydigan kishilarda ham yaxshilik yo‘q. Namozlarini va boshqa farzlarni ado qilib, gunohlarni tark qilmagan kishilarda ham yaxshilik yo‘qdir. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda tavbaning shartlari berilgan. https://savollar.islom.uz/savol/39309
26 May 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 161 | Ruhiy tarbiya