Munofiqlik
Assalomu alaykum! Muxtaram ustozlar, men avvallari munofiq deganda, "ibodat qiladiyu Alloh va Rasulini sevgani uchunmas, musulmonlarni aldash uchun aslida ular musulmonlarga adovatdadirlar" - degan fikrda yurardim va men Alloh va rasulini yaxshi ko‘raman, musulmonlarga adovatim yo‘q, xatto (namoz o‘qishlarini, Qur’on tilovat qilishlarini, xijob taqqan mo‘minalarni ko‘rganimda) xursand bo‘laman demak, munofiqlikdan uzoq ekanman deb o‘ylardim. Ma’lum vaqt o‘tgach bir maruzada Payg‘ambarimizning munofiklik alomati uchta ular: 1. Gapirsa yolg‘on so‘zlaydi. 2. Omonatga xiyonat qiladi. 3. Axdga vafo qilmaydi. deganlarini bildim. O‘yladimki, birmuncha mening fe’limdan yiroq xolatlar. Lekin chuqurroq o‘rganilsa xar bir insonda munofiqlik alomatlari kuzatilishini bilgach, bu illatdan imkon qadar uzoq bo‘lishga urina boshladim. Ammo yaqinda shunday narsa o‘qidim, u erda ba’zi bandalar o‘zini Rabbiga muxlis deb biladi vaxolanki, ular munofikdir. Va buni bilmaydilar qabilidagi gaplarni o‘qigach xavfim yana ortdi. Munofiklik gunoxi kabira ekanini, munofik bandani joyi do‘zaxni eng tubida bo‘lishini va Umar ibn Xattobdek zot xam hattoki bir umr munofiq bo‘lib qolmadimmi deb doim xavfda yurganliklarini bilgan xolda, savol yo‘llamoqchi edim. Munofiqlik illati xam, shirk amal kabi yashirin (banda o‘zi bilmas darajada) bo‘lishi mumkinmi? Umuman banda o‘zi anglaydimi munofikligini? Yana agar inson Allohni yaxshi ko‘rsa gunoxdan tavba qilsayu yana shu gunoxga qo‘l urib qo‘yaversa munofiq bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Munofiqlik ham yashirin illat hisoblanadi. Ruhiy tarbiyachiga murojaat qilib, aniqlab va muolajasini ham bilib olish kerak. Uchta inson dunyo va oxiratda xor bo‘lmaydi. Hamma vaqt rost so‘zlovchi, zarariga bo‘lsa ham foydasiga bo‘lsa ham. Besh vaqt namozini ixlos bilan ado qiluvchi va hamma vaqt o‘zgalarni xizmati va yordamida bo‘luvchi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya