Itoatsiz xotiniga taloq berish

Assalomu alaykum! Eriga ayrim xollarda itoat etmagan xotinga ko‘p qavatli uyda yashayotgan oila boshlig‘i xotiniga agar ushbu uydan (dom) tashqariga boshizga ro‘mol o‘ramasdan chiqsangiz 3 taloqsiz deb 7 marotaba aytgan bo‘lsa, shu er va xotin o‘rtasidagi nikoh buziladimi? Ayol bilmagan xolatda yalang bosh uydan(kvartiradanmas) tashqari(ko‘cha)ga chiqib qo‘ysa o‘rtaga taloq tushadimi? Undan avval xam oilaviy kelishmovchiliklar bo‘lib kelinga er tomonidan yo‘qol uyingga, agar shunaqa xolat bilan yashasang menga xarom bo‘lasan deb so‘kkan bo‘lsa, 2-3 marotaba yo‘qol uyingga ket deb er xaydagan bo‘lsa, o‘rtadagi nikoh buziladimi? Ushbu er-xotin yashab ketishi mumkinmi? 8 oydan buyon xotin ota-onasini uyida yashab kelmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yozganlaringizdan uchtadan ortiq taloq tushib bo‘lgani aniq. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:51 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar