Qushlarning tezagi
Assalomu alaykum! Masjidimizni ochiq ayvoni tepasiga xar xil qushlar qo‘nib turadi. Ulardan tushgan tezak gilamga yopishib qotib qolibdi. Shu gilamni ustida namoz o‘qisa bo‘ladimi? Bu erga joynamoz solishmaydi, tushak esa u tezaklarni yopmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Go‘shti eyiladigan parrandalarning tezagi pok hisoblanadi. U erda namoz o‘qish shak-shubhasiz joiz. kabutar, musicha, chumchuq, olaqanot, qaldirg‘ochlarning tezagi pok hisoblanadi. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi:
Ammo eyiladigan qushning axlati pokdir.
Ibn Umar roziyallohu anhuning ustiga kabutar tezak tashlaganda, tosh bilan artib tashlab, namoz o‘qigan.
Xuddi shunday holat Ibn Mas’ud roziyallohu anhuning ustilariga chumchuq tezak tashlaganda ham bo‘lgan. U kishi barmoqlari bilan artganlar.
Masjidul Harom va boshqa masjidlarda qadimdan kabutarlar boqib kelingan.
Illo, tovuqniki xuddi ikki chiqish yo‘lidan chiqadigan narsalar, qon va aroq kabi og‘ir najosatdir.
Bu jumlada og‘ir najosatlar haqida so‘z bormoqda. Najasligi qat’iy dalil bilan sobit bo‘lgan narsa «og‘ir najosat» hisoblanadi. Bunga oqqan qon, go‘shtini eb bo‘lmaydiganlarning tezagi va peshobi, agar o‘sha hayvon taom emaydigan darajada kichik bo‘lsa ham, aroq, havoda tezak tashlamaydigan uy o‘rdagi va g‘ozi hamda tovuqqa o‘xshash parrandalarning tezagi, o‘limtikning go‘shti va terisi, itning tezagi, yirtqichlarning tezagi va so‘lagi, og‘izni to‘ldirib chiqqan qayt, odamdan chiqib, tahoratni sindiradigan narsalar kiradi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar