Xarom luqma
Assalomu alaykum! Erim yuk mashina haydovchisi bo‘lib ishlaydi qo‘shnimizni hojatini mashinasida bajarib berdi evaziga bir qop shakar va 3kg go‘sht berishini aytibdi. Men ularni olmang pulini oling deb aytishimga qaramasdan qo‘shnimizni puldan qiynalib turganini ko‘rib indamay olibdi. Sababi qo‘shnimiz bog‘chada mahsulotlarga mas’ul shaxs bo‘lib ishlaydi. Juda ko‘p guvoh bo‘lganmiz ishdan uyga bogchada beriladigan eguliklardan olib kirib ketayotganiga. Hullas u shakar bilan go‘sht biz uchun mavhum bolalaring haqqi deb o‘ylayman. Men nima qilay buni erimga tushuntirmoqchi bo‘lsam namoz o‘qib juda chuqurlashib ketting deb eshitishni ham istamaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar olgan narsalar bolalarni haqqi ekanligi aniq bo‘lsa bilib turib haromni olishingiz sizlarga halol bo‘lmaydi. Shubhalansangiz qaytarib bering. عن الحسن بن علي رضي الله عنهما قال : " حفظت من رسول الله صلي الله عليه وسلم : دَعْ مَا يَرِيبُكَ إِلَى مَا لَا يَرِيبُكَ ، فَإِنَّ الصِّدْقَ طُمَأْنِينَةٌ ، وَإِنَّ الْكَذِبَ رِيبَةٌ رواه النسائي Hasan ibn Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Seni shubhaga soladigan narsani qo‘yib, shubhasizini ixtiyor qilgin. Chunki sidq hotirjamlik, kizb esa shak-shubhadir” deganlarini eslab qolganman".
Nasaiy rivoyati. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 05:49 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom