Ko‘z tegmasin

Assalomu alaykum! Ayollarda kuprok uchraydigan bir odat bor. Bir narsani kurishsa "kuz tegmasin, tuf tuf" deb stolli bir chetini urib kuyishadi. Bu xarakat mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu to‘g‘ri emas. Tuf-tuflar dindan bexabar va sunnatni bilmaganlarning ishidir. عن أنس بن مالك رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم :  ما أنعم الله عز وجل على عبد نعمة ، من أهل أو مال أو ولد ، فيقول : ما شاء الله لا قوة إلا بالله ، فيرى فيه آفة دون الموت رواه أبو يعلى في مسنده Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh bir bandaga ahl yoki mol yoki farzand ne’matini bersayu, u “Maa shaa Allohu laa havla valaa quvvata illaa billah” desa o‘limdan boshqa hech qanday ofat unga etmaydi” deganlar.
Abu Ya’lo rivoyati.
Ko‘zi bor odam esa birortasida biror ne’matni ko‘rsa unga zarar etkazib qo‘ymasligi uchun “Maa shaa Allohu laa havla valaa quvvata illaa billah” deb qo‘ysin va ne’mat egasiga baraka berishini so‘rab duo qilsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:59 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar