Makruh ro‘za

Assalomu alaykum! Savol javoblardan har kun tutiladigan ro‘zani makrux deb o‘qib qoldim. O‘asha har kuni degan so‘zni qanday tushunishimiz kerak?  Hozir yoshmiz va kuch-quvvatimiz borligida qazolarimizni har kun tutib berishga imkoniyatimiz bor. Shularni har kuni tutsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl ro‘zalarni zaiflashib qolmaslik uchun ketma-ket tutish makruh hisoblanadi. Boshqa ro‘zalar bundan mustasno, xususan qazo, kafforat va nazr ro‘zalar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 158 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar