Alloh uchun yaxshi ko‘rish
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh uchun yaxshi ko‘rishni qisman tushundim. Ammo Alloh uchun yomon ko‘rishni tushuna olmayapman. Kimni yomon ko‘rishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo bilishimiz kerak bo‘lgan narsa dinda biror shaxsni zotini yomon ko‘rish yo‘q. Chunki barchasi Alloh taoloning bandasidir. Ammo insondagi yomon sifat va xulqlarni yomon ko‘rishga, uni to‘g‘rilashga buyurilganmiz. Insonni Allohga shikr keltiruvchi amallarini yomon ko‘rish kerak. Zinokorligini, fosiqligini, kazzob, makkorligini yomon ko‘rishimiz kerak. Yomon ko‘rishda insonning zotini emas sifatini yomon ko‘rayotganimizni ham bildirib qo‘yishimiz kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar