Qur’onni etti harfda nozil bo‘lishi haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Quyidagi xadisda keltirilgan etti xarfdan murod nima? Ushbu xadisni tushunishimizga yordam beringsizlar: Qarilarga osonlik tug‘dirish uchun Qur’on etti harfda nozil qilingan. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Banu G‘iforning hovuzi oldida ekanlar, huzurlariga Jabroil alayhissalom kelib: «Alloh ummating Qur’onni bir harfda o‘qishini senga amr qilmoqda», dedi. «Allohdan Uning ofiyati va mag‘firatini so‘rayman. Albatta, bunga ummatimning kuchi etmaydi», dedilar u zot. So‘ngra ikkinchi marta kelib: «Alloh ummating Qur’onni ikki harfda o‘qishini senga amr qilmoqda», dedi. «Allohdan Uning ofiyati va mag‘firatini so‘rayman. Albatta, bunga ummatimning kuchi etmaydi», dedilar u zot. Keyin uchinchi marta kelib: «Alloh ummating Qur’onni uch harfda o‘qishini senga amr qilmoqda», dedi. «Allohdan Uning ofiyati va mag‘firatini so‘rayman. Albatta, ummatimning bunga kuchi etmaydi», dedilar u zot. Keyin to‘rtinchi marta kelib: «Alloh ummating Qur’onni etti harfda o‘qishini senga amr qilmoqda. Qaysi harfda o‘qisalar ham to‘g‘ri qilgan bo‘ladilar», dedi». Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/821
26 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 144 | Hadislar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://fiqh.uz/maqola/821
26 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 144 | Hadislar