Namoz va sajda

Assalomu alaykum! Ustozlar, farz namozidan oldin nafl namoz o‘qisa bo‘ladimi? Misol: peshin namozi vaqti kirdi, birinchi peshin namozini sunnati va farzini o‘qimasdan turib ikki yoki to‘rt rakat nafl namoz o‘qib keyin peshin namozini o‘qisa bo‘ladimi yoki avval peshin namozini o‘qish kerakmi? 2). Men har doim namoz o‘qib bo‘lganimdan keyin sajda qilaman. Shu ishim to‘g‘rimi? Namozdan keyin alohida sajda qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Sunnat deb farzdan oldin yoki keyin o‘qiladigan namozlarga aytiladi. Shuning uchun nafllarni sunnatdan oldin yoki keyin o‘qish kerak. 2). Noto‘g‘ri qilar ekansiz. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:16 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar