Hajji badalmi?

Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning izdoshlari. Bir ayol kishi hajga borish maqsadida haj safari mablag‘ini yig‘ib kelgan, lekin haj ibodatini qilaolmay vafot etdi. Shu olamdan o‘tgan ayol uchun haj ibodatini qanday ado etsa bo‘ladi? Bir ko‘zga ko‘ringan tuman imomidan so‘ralganda, u kishi biror avval hajga borgan kishini yoki hajga borishga qodir bo‘lmagan kishini nomidan shu haj safariga ketadigan mablag‘ni to‘lansa, hajga yuborilayotgan kishi o‘sha o‘tgan ayol nomiga haj ibodatini qilsa bo‘lishini aytdi. Bu amal Haj ibodati bo‘ladimi yoki haj badalmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha ayol tarafidan hajji badal bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar