Qalin pulini olib qo‘ygan

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qalin puli haqidagi hamma savollarni o‘qib chiqdim. Afsuski kech. Turmush qurishimizdan oldin qaynotam dadamga 2000$ qalin puli berganlar. Ammo mahr to‘g‘risida umuman gap bo‘lmagan. Mahr to‘g‘risidagi maqolalarni oqib nikoh uzugimizni mahr deb hisoblab qo‘ya qolaman deb niyat qilgandim. Endi qalin puli ribo ekanligini tushundim. Men nima qilishim kerak? U pulni dadamdan xo‘jayinimga olib beraymi? Yoki xo‘jayinim hadya bo‘lsin yoki mahr bo‘lsin desalar kifoya qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qalin puli shariat harom qilgan poradir. Otangiz o‘sha ikki mingni eringizga qaytarib bersin. Keyin eringiz otangizga hadya deb qaytarib beradimi yoki sizga mahr deb beradimi ixtiyori. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:14 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar