Alloh taoloni tanitish
Assalomu alaykum! 2 ta do‘stim dinga sig‘inmaydi. Allohning borligiga ishonmaydi. 1-do‘stim: tarbiyali yaxshi inson. Oldiga maqsad qo‘ygan, lekin fanga berilib ketgan va Alloh borligiga ishonmaydi. O‘lgandan keyin tamom hech narsa yo‘q deydi. Unga tushuntirishga harakat qildim. Misollar keltirdim. Oxirat haqida gapirdim. Dunyo yaratilishi haqida bilgan hamma narsamni aytdim, lekin bilimim kuchlimas eplay olmayapman. 2-do‘stim: U umaman oldiga maqsad qo‘ymagan. Hayotga qiziqishi yo‘q «bu hayotda faqat qiynalasan. Qiynalishni xohlamayman o‘lishni xohlayman» deydi. Unga o‘lib foyda topmasligini har tomonlama tushuntirdim. Hech nima xohlamaganing bilan hayoting engillashmaydi deb tushuntirdim. Allohga iymon keltirsang seni kechiradi desam shaytonday umidsizlik qilmoqda. "Men dinga sig‘inmayman, jannatga tushmasligimni ham bilaman" deydi. Ustozlar qo‘limdan kelgan barini qilayapman, lekin kuchim etmayapti. Ularni hech kimga yomonligi tegmagan tarbiyali inson, lekin musulmonmas. Ularni qanday qilib ishontirsam bo‘ladi? Uzoq yo‘ldan olib kelish kerak deb o‘ylayman. Javobingizni ularga ham o‘qittiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ularni haqiqiy tariqat peshvosi bo‘lgan insonning huzuriga olib boring. Shu ularni o‘sha erga borishini uddasidan chiqsangiz bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalaridagi mushriklar ham sizni do‘stlaringizdan chandon-chandon battar bo‘lishgan. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishgach o‘zgarishgan. Hozirda ham u zotning sunnatlarini mahkam tutgan insonlarda u darajada bo‘lmasada sheriklaringizga kifoya qiladigan joziba bor. Ularga biror gap aytish ham shart emas. Vallohu a’lam!Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://islom.uz/maqola/9358
25 May 2022, 23:11 | Savol-javoblar | 137 | Islam