Hajni niyat qilib, keyin bora olmaslik

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ijozatingiz bilan bir birodarimizning nomlaridan savol bermoqchi edim. Birodarimiz shu yili hajni niyat qilgan ekanlar, lekin ish yuzasidan zudlik bilan ish safariga(komandirovkaga) Izroilga yuborishyapti ekan. U kishi bir kitobdan Makka va Madinaga Izroilning fuqarosi yoki Izroilga kirdi-chiqdi degan pasportida pechat bo‘lsa kirgizmasligini o‘qibdilar. Ish safariga bormasa ham bo‘lmas ekan. U birodarimizning niyati qanday bo‘ladi? Qanday maslahat berasiz, nima qilishi kerak? Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Keyin, yangi pasport olganda borsa bo‘ladi. Ammo ilojini qilib, hozir borsa yana ham yaxshi bo‘ladi.

26 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 158 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar