Nobop kelinoyi
Assalomu alaykum! Akam uylanganlariga 11 yildan oshdi. 2 nafar farzandlari bor. Kattasi 8 yoshda nogiron, ikkinchisi 4 yoshda. Gap shundaki, 11yil mobaynida kelinoyimlar na oilaga, na akamga, va na ota-onasiga mehr bermadilar. So‘nggi 2 yil ichida er-xotin juda ko‘p janjanlashishar, shu sabab qudalarimiz ham ko‘p bora oraga tushishdi. Lekin 2-3 kun o‘zgarish seziladi, keyin esa yana o‘sha holat. Urishishning asosiy sababi ozodagarchilik, isrofgarchilik, gap qaytarish, akamning kiyimlariga va ovqatlariga bee’tiborlik. Ota-onamizni hurmat qilishini gapirmasa ham bo‘ladi. Bunday vaziyatda akam faqatgina bola uchun oilani asrab turishlari ma’lum. Sizlarga savolim shundan iboratki, butun umr bolalarnn deb shunday hayot kechirish to‘g‘rimi? Akam qanday yo‘l tutishlari kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ixtiyoriy. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ixtiyoriy. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush