Doktorlar cho‘milishdan qaytarishdi

Assalomu alaykum! Davolanishga borishimdan oldin oyog‘im chiqib ketgan ekan, so‘ngra uni soldirib davolanayapman. Solgandan keyin ham qattiq azob bermoqda. Tabiblar esa hammomga kirishdan va cho‘milishlardan chetlashtirdi. Endi esa tahoratni xam qilolmay qoldim. Shuning uchun kitob va namozlarimni o‘qishga ikkilanib qoldim va yaqinda onamni kasalxonada operatsiya qilishdi. Menga esa bolajonim duolar qilib tur demoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar haqiqatan tahorat a’zolarini yuvishdan ham ojiz qolsangiz g‘usl o‘rniga ham, tahorat o‘rniga ham tayammum qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:05 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar