Televizordagi ma’lumot

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, telvizorda esnash foydali deb bir rolik berishdi. Bu malumotga ishonmadim, chunki foydali bo‘lganda hadislarda esnashdan qaytarilmagan bo‘lardi. Shunga ajablandim, shu narsa asoslimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dunyo axboroti bizning boshqaruvchimiz emas. Siz hadisda ko‘rganingiz eng to‘g‘risidir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: التَّثَاؤُبُ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَإِذَا تَثَاءَبَ أَحَدُكُمْ فَلْيَكْظِمْ مَا اسْتَطَاعَ. وَفِي رِوَايَةٍ: إِذَا تَثَاءَبَ أَحَدُكُمْ فَلْيَرُدَّهُ مَا اسْتَطَاعَ وَلَا يَقُلْ هَاهَا، فَإِنَّمَا ذَلِكُمْ مِنَ الشَّيْطَانِ يَضْحَكُ مِنْهُ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Esnash shaytondandir. Birortangizni esnoq tutsa, iloji boricha ichiga yutsin», dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «Birortangizni esnoq tutsa, uni iloji boricha qaytarishga urinsin. «Xoh, xoh!» demasin. Bunday qilishingiz shaytondandir. U o‘shandan kuladir», deyilgan. Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 156 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar