Qurilmagan uyni sotish
Assalomu Alaykum! Xozirda ko‘p uy joylar qurilmoqda. Shu uylarni oldi sotdisida uy bitmasdan yoki qurilish boshlanmasdan sotuvga qo‘yilmoqda. Savolim: Ushbu uylardan bitmasdan turib sotib olish yoki sotish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda istisno’ degan bitm turi bor. Oddiy qilib aytganda chevarga “menga shim tikib bering” deb buyurutma berasiz. Hamma narsa, ya’ni ip va material kabilari o‘zidan bo‘ladigan bo‘lsa uni istisno’ deyiladi. Ya’ni bir ishni bitkazib berishni buyurtma berish. Agar hamma narsasi o‘zingizdan, tikib berishgina chevardan bo‘lsa, unda chevarni ijaraga olish bo‘ladi. Bu ikkisi ham shar’an joiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 21:43 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat