Namozni qayta o‘qishim kerakmi?

Assalomu alaykum! Men namozda labni qimirlatmay qiroat qilish mumkin emas deb yaqinda bildim. Shu paytgacha o‘qilgan namozimni qaytadan o‘qiymanmi? Dinimizda bandaning bilmay qilgan gunoxiga jazo berilmaydiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar ichingizdagina o‘qigan bo‘lsangiz, qayta o‘qiysiz. Qiroat namozning farzlaridan biri bo‘lib, usiz namoz joiz bo‘lmaydi. Qiroat qiroat bo‘lishi uchun eng kami o‘zi eshitadigan darajada bo‘lishi kerak, aks holda uni shariat tilida qiroat deb aytilmaydi. U xayoldan o‘tkazish deyiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar