Bid’atni aniqlaguncha ishonmay turish haqida

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda turli bid’atlar, irim-sirimlar va shu kabi boshqa amallar ko‘payib ketdi. Islomda asli yo‘q amalni, dinda shunday deb bajarayotganlarni ko‘p ko‘ramiz. Namoz, ro‘za, zakot kabi katta farz amallarini juda yaxshi bilamiz. Lekin undan tashqari ham turli asli yo‘q amallar ham, go‘yoki dinimizning bir bo‘lagidek tuyuladi. Bu, ilmsizlik, kitob o‘qimaslikning kasri albatta. Shunday qilish kerak, bunday qilish kerak deydiganlarga aniq dindan ekanligini bilgunimizga qadar u amallarni inkor qilsak gunoh bo‘lmaydimi? Menda shu hollar ko‘p bo‘ladi. Aniq ishonchli manbadan bilmagunimcha (deyarli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh kitoblaridan boshqa deyarli barchasiga ishonchni to‘liq xosil qilmayin. Yoki hazrat ruxsat bergan yoki  Hilol nashriyotidan chiqqan bo‘lsagina foydalanishim mumkin) qabul qilmayman. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bu dindan deb tasdiqlamaganim dinda bor ham bo‘ladi yoki aksincha ham. Shu amallarni o‘zim ishonchli manbadan olmagunimcha aytgan odamlarni gapiga qo‘shilmasligim mumkinmi? Qaysi yo‘lni tutsam yaxshi? Odamlar meni noto‘g‘ri ham tushunishadi. Yoki har xil to‘g‘ri yo‘ldagi domlalarni ma’ruzalarigayam ko‘pam ishonchim kuchli emas. Shundaymikan, to‘g‘rimikin, degan fikr keladi. Ko‘p bora imom domlalarda ham har xillikni ko‘rdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilar ekansiz. Aniq bilganlaringizga amal qilavering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:35 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar