Huri iyn

Assalomu alaykum! Hurri iyn kim? U haqida qaysi kitobdan ko‘proq malumot olsam bo‘ladi? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! HURLARNING VASFI وَحُورٌ عِينٌ . كَأَمْثَالِ اللُّؤْلُؤِ الْمَكْنُونِ  الواقعة/22، 23 Yana (ular uchun) oppoq yuzli katta va chiroyli ko‘zli hur qizlar ham bo‘lurki, ular xuddi (pardaga) o‘ralgan durlar kabidirlar. كَأَنَّهُنَّ الْيَاقُوتُ وَالْمَرْجَانُ الرحمن/58  Ular(ning badanlari tiniqlik va silliqlikda) go‘yoki yoqut va marjondirlar.  إِنَّا أَنْشَأْنَاهُنَّ إِنْشَاءً . فَجَعَلْنَاهُنَّ أَبْكَارًا . عُرُبًا أَتْرَابًا  الواقعة/35-37  Biz ularni (hur qizlarni) daf’atan paydo qildik (onadan tug‘ilmadilar). Keyin ularni bokira qizlar qildik. (Ular) jozibali va tengqurdirlar. وَكَوَاعِبَ أَتْرَابًا (yosh va husnda) tengqur, bo‘liq siynali (hur qiz)lar. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda: وَلَوْ أَنَّ امْرَأَةً مِنْ نِسَاءِ أَهْلِ الْجَنَّةِ اطَّلَعَتْ إِلَى الْأَرْضِ لَأَضَاءَتْ مَا بَيْنَهُمَا، وَلَمَلَأَتْ مَا بَيْنَهُمَا رِيحًا، وَلَنَصِيفُهَا - يَعْنِي الْخِمَارَ - خَيْرٌ مِنَ الدُّنْيَا وَمَا فِيهَا «Agar ahli jannat ayollardan biri erga qarasa, ikkovining (eru osmonning) orasini yoritib, xush bo‘yga to‘ldirib yuborgan bo‘lar edi. Uning bosh kiyimi – ya’ni ro‘moli – dunyo va undagi bor narsadan yaxshidir». Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 183 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar