Mahsiga mash tortish

Assalomu alaykum! 636-savol men bermoxchi bo‘lgan savolga juda yaqin ekan. Savolim shuki maxsiga masx tortib, namoz o‘qiydgan joyga borguncha maxsini echib oyoq kiyimni kiyib olsam va namozni tugatib keyingi namozgacha maxsini echib oyoq kiymimni kiyib olib keyingi namoz vaqti kirishi bilan maxsini kiyib olsam taxoratim buziladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir marta mash tortganingizdan keyin ikkisidan birortasini yoki ikkisini echishingiz bilan tahorat sinadi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 157 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar