Tahoratdan keyin shukr namozini o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlarga ikkita savolim berishga ijozat bersangizlar, iltimos! Yaqin qarindoshimning savollarini bermoqchiman. Ularga bir muslima ayol bomdod va shom namozidan oldin tahoratning shukr namozi o‘qilmaydi debdilar. Dalillari Sahihi Buxoriyda kelgan debdilar, bu qanchalik asosli? Men shom namoziga tahorat olsamgina, shom kirgan bo‘lsa, shomni qoyim qilib bo‘lib so‘ng o‘qirdim, shu to‘g‘rimi? 2) Men xususiy maktab va bog‘chada qorovul bo‘lib ishlayman. Maktab binosiga Shi Fi o‘rnatishgan. Mening xonamda ham aloqa bemalol. Men ShiFi sotib olishganida kodiga ko‘zim tushib, eslab qolgandim va bir haftacha hamma xodimlar kabi foydalanib yurdim, so‘ng ancha oldin sizlarda shunga o‘xshash savol qo‘yilganini eslab, bu ham o‘g‘rilik bo‘lsa, deb Allohim rizoligi uchun shu kodni yoddan bilsam ham tark etsam, shu ishim o‘g‘irlik hukmiga kiradimi? Hamma xodimlar foydalanishgani kabi foydalanganman, shu ham o‘g‘irlikmi? Javobinglar uchun oldidan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri. 2). O‘g‘irlik bo‘ladi. Rahbarlardan ruxsat so‘rang.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 145 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar