Jiyanlarni o‘pib ko‘rishish

Assalomu alaykum! Men balog‘atga etgan o‘z o‘g‘il jiyanim bilan o‘pishib ko‘rishishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariat er-xotinni o‘pishib ko‘rishishga ruxsat beradi. Boshqalari haddini bilishsin. Balog‘atga etmagan bo‘lsa boshqa gap. Islomda balog‘at 18 yoshdan emas, balki qiz bola hayz ko‘rishi bilan o‘g‘il bollar tushida bulg‘anishi bilan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:18 | Savol-javoblar | 152 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar