Yosh kelin kuyovlarni ta’zim qilishi

Assalomu alaykum! Vaqtingizni olganim uchun kechirasizlar, Mani bir masala qiynab kelyapti. Bizning qishloqda xotira maydoni bor, katta yodgorlik toshi o‘rnatilgan va 2-jahon urush qatnashchilarning ismlari yozilgan. Kuniga 5-6 yangi turmush qurayotgan yoshlar kelib, tevarakini 3 marta aylanadilar va kelin qo‘lidagi gulini qo‘yib 3 marta ta’zim beradi. Bu shirk hisoblanadimi? 2. Kelinni olib kelgandan keyin rizqi bo‘lsin deb sigir, non aylantiradilar bu ham shirk amalidami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday qilish shar’an joiz emas. Shirk deb kofirga chiqarib yuborish ham durust emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 144 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar