Moshinani sotib pulini biznesga sarflash
Assalomu alaykum! Moshinamni sotib pulini do‘stimni biznesiga tikdim. U ayollar kiyim kechaklarini sotish bilan shug‘illanadi. Leykin biznesiga aralashmayman. U meni pulimdan foydalangani uchun meni pulimni biroz ko‘paytirib bermoqchi. Men shuncha berasan deb gapirmadim xam. 6400 dollar berganman, do‘stim esa 10 oy davomida pulni aylantiradi va menga 7900 dollar qilib qaytaraman degan. Men xam rozi bo‘ldim. Lekin vaqtni xam qancha qo‘shib berishini xam men aytmadim. Bu sutxorlik xisoblanmaydimi? O‘zim davlatni ishida ishlayman. Do‘stimni ishiga aralashmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ish sudxo‘rlikning ayni o‘zidir. Chunki siz bergan pul qarz hisoblanib, uni ziyodasi bilan qaytarib olmoqchisiz. Foyda keltirgan har qanday qarz esa ribodir. Vallohu a’lam!
5 Avgust 2022, 17:43 | Savol-javoblar | 208 | Halol va harom