Bolaning haqqi

Assalomu alaykum! Bir ayol erdan ajrashgan, bita 2 yosh o‘g‘li bor. Otasi manga bola kerakmas deb talog‘ini berib ketipti. Shu ayolga uylanadigan odamni bolaga bo‘ladigan otalik haqqi qanaqa bo‘ladi? Ya’ni otalik haqlari to‘liq shu odamga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bola to balog‘at yoshiga etgunicha nafaqasi o‘zining otasi zimmasida bo‘ladi. Bu haqida Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qilgan : وَعلَى الْمَوْلُودِ لَهُ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ ...Ularni ma’ruf ila edirib, kiyintirish tug‘dirganning zimmasidadir...(233-oyat). U ayolga o‘ylangan kishi agar bolaga nafaqa qilsa, yaxshilik va ehson bobidan qiladi.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar