Qiz farzand ko‘rgan ota-ona

Assalomu alaykum! 3ta qizi bor ota-ona jannati bo‘larkan, shu to‘g‘rimi? Javobilar uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tug‘ishning o‘zi bilan jannatiy bo‘lib qolmaydi. Eng avvalo Allohni tanitishi, namoz va ro‘zalarni o‘rgatishi, ibodatda o‘sib ulg‘ayishlari shart. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ كَانَ لَهُ ثَلَاثُ بَنَاتٍ أَوْ ثَلَاثُ أَخَوَاتٍ أَوِ ابْنَتَانِ أَوْ أُخْتَانِ فَأَحْسَنَ صُحْبَتَهُنَّ وَاتَّقَى اللهَ فِيهِنَّ فَلَهُ الْجَنَّةُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning uchta qizi bo‘lsa yoki uchta singlisi bo‘lsa, yoxud ikki qizi, yoki ikki singlisi bo‘lsa, u ularning suhbatini yaxshi qilgan bo‘lsa va ularning haqqida Allohga taqvo qilgan bo‘lsa, unga jannat berilur», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifdan kishi o‘z qiz farzandlari tarbiyasi uchun qanchalik savob olgan bo‘lsa, singillarining tarbiyasi uchun ham shunchalik savob olishini bilib olamiz. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 240 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar