Jonivorlarga ozor berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlarga savolim shundan iboratki jonivorlarga ozor bersa ular xam qarg‘aydimi? Jonivorlar qarg‘ishi bor narsami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! MUSLA QILISh, QAMAB QO‘YIB O‘LDIRISh VA BOG‘LAB
QO‘YIB O‘LDIRIShNING KARIH KO‘RILGANI HAQIDA
 Izoh: Bu erda «musla» deganda tirik jonivorning a’zolarini kesib, o‘ldirish nazarda tutilgan. Hayvonni bog‘lab, tutqunda tutib turib, nishon qilib olish ham mumkin emas, chunki bunda bir jonni behuda qiynash, uni o‘yin qilish bor. «Bog‘lab qo‘yib o‘ldirish» deb o‘girilgan so‘z arab tilida asosan kichik hayvonlar va parrandalarni bog‘lab qo‘yib, nishon qilib olishga aytiladi. Har ikkisida ham jonivor azob chekkani, qoni erkin oqmagani uchun bu ishlardan qaytarilgan. عَنْ هِشَامِ بْنِ زَيْدٍ قَالَ: دَخَلْتُ مَعَ أَنَسٍ عَلَى الْحَكَمِ بْنِ أَيُّوبَ، فَرَأَى غِلْمَانًا - أَوْ فِتْيَانًا - نَصَبُوا دَجَاجَةً يَرْمُونَهَا. فَقَالَ أَنَسٌ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ تُصْبَرَ الْبَهَائِمُ Hishom ibn Zayddan rivoyat qilinadi:
«Hakam ibn Ayyubning oldiga Anas bilan kirdim. U bir tovuqni (bog‘lab) qo‘yib, unga (o‘q) otayotgan bolalarni [yoki yigitlarni] ko‘rib qoldi. Anas: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayvonlarni bog‘lab qo‘yib o‘ldirishdan qaytarganlar», dedi».   حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يَعْقُوبَ، أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ سَعِيدِ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ أَبِيهِ أَنَّهُ سَمِعَهُ يُحَدِّثُ عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّهُ دَخَلَ عَلَى يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ وَغُلَامٌ مِنْ بَنِي يَحْيَى رَابِطٌ دَجَاجَةً يَرْمِيهَا، فَمَشَى إِلَيْهَا ابْنُ عُمَرَ حَتَّى حَلَّهَا، ثُمَّ أَقْبَلَ بِهَا وَبِالْغُلَامِ مَعَهُ فَقَالَ: ازْجُرُوا غُلَامَكُمْ عَنْ أَنْ يَصْبِرَ هَذَا الطَّيْرَ لِلْقَتْلِ، فَإِنِّي سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى أَنْ تُصْبَرَ بَهِيمَةٌ أَوْ غَيْرُهَا لِلْقَتْلِ  Bizga Ahmad ibn Ya’qub so‘zlab berdi:
«Bizga Ishoq ibn Sa’id ibn Amr xabar qildiki, u otasining shunday deb so‘zlab berayotganini eshitgan ekan: «Ibn Umar roziyallohu anhumo Yahyo ibn Sa’idning huzuriga kirsa, Yahyoning farzandlaridan biri bir tovuqni (bog‘lab) qo‘yib, unga (o‘q) otayotgan ekan. Ibn Umar borib, uni bo‘shatdi va uni ham, yonidagi bolani ham olib keldi da: «Mana bu qushni o‘ldirish uchun bog‘lab qo‘ygani uchun bolangizning ta’zirini beringlar! Chunki men Nabiy sollallohu alayhi vasallamninig hayvon yoki boshqa jonivorni o‘ldirish uchun bog‘lab qo‘yishdan qaytarganlarini eshitganman», dedi». عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ قَالَ: كُنْتُ عِنْدَ ابْنِ عُمَرَ فَمَرُّوا بِفِتْيَةٍ أَوْ بِنَفَرٍ نَصَبُوا دَجَاجَةً يَرْمُونَهَا، فَلَمَّا رَأَوُا ابْنَ عُمَرَ تَفَرَّقُوا عَنْهَا، وَقَالَ ابْنُ عُمَرَ: مَنْ فَعَلَ هَذَا؟ إِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لَعَنَ مَنْ فَعَلَ هَذَا  Sa’id ibn Jubayrdan rivoyat qilinadi:
«Ibn Umarning oldida edim. U bir tovuqni (bog‘lab) qo‘yib, unga (o‘q) otayotgan yigitlar[yoki bir necha kishi]ning yonidan o‘tdi. Ular Ibn Umarni ko‘rishlari bilan uni tashlab, tarqalib ketishdi. Ibn Umar: «Buni kim qildi? Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday qilganni la’natlaganlar!» dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar