Er ayoliga kerakmassan desa taloq tushadimi?

Assalomu alaykum! Nikoximiz bor, lekin erim uyga kelmaydi. Eb ichish, kiyim kechak, xol axvolimizdan xabar olib turmaydi. Bir oyda bir keladi, ba’zi paytlarda mayda arzimagan narsani boxona qilib janjal qiladi. Shu paytda “kerakmassan, o‘zini o‘zin eplagin” deganidi. Shunga oramizga taloq tushganmi? Xozir 8 oydan beri birga yashamimiz og‘zimdan chiqmaguncha taloq tushmaydi deb turvoganlar. Shuni javobini aytsangiz. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U gapini nima niyatda aytganini bilmaymiz. Shuning uchun taloq tushdi deb ham hukm qilolmaymiz. Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomon va guvohlar huzurida ko‘rish kerak.  Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar