Ixtilofda qanday yo‘l tutish kerak?
Assalomu alaykum! Ustoz agar bir masala borasida mazhabimizda turli xil fatvo berilgan bo‘lsa, biz qaysi biriga amal qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirgi kunda mutaxassis bo‘lmasdan turib qaysidir bir kitobda ko‘rgan masalasini aytayotgan kishilar ham bor. Uni gapi ham to‘g‘ri, chunki u o‘sha kitobda ko‘rgan bo‘ladi. Lekin 1-2ta kitobni ko‘rish bilan bir masalaga xulosa chiqarish noto‘g‘ridir. Ustozimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh ba’zi bir masalalarda dunyo ulamolari bilan maslahat qilganlarida ular “Siz o‘z holatingizni bizdanda yaxshiroq bilasiz. O‘z yurtingiz ahli ilmlari bilan maslahatlashib mazhabdagi qavllardan qaysinisi munosib bo‘lsa o‘shanga fatvo beringlar” der ekanlar. Ba’zi holatlarda esa holatdan kelib chiqib boshqa mazhabning qavlini ham olishga to‘g‘ri keladi. Albatta bu bir yoki ikki ahli ilmning gapi bilan bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:54 | Savol-javoblar | 146 | Islam