Javobgarligimiz bormi

Assalomu alaykum! Bugungi kunda jamiyatimizda odamlar nos yoki sigaret chekishadi yohud aroq ichishadi. Hammamizga malumki bu katta gunoh. Ammo biz odamlar ularga befarq bolsak qiyomatda Allohning oldida javob beramizmi? Agar javobgarligimiz bo‘lsa necha marotaba bunday insonlarga bu ishni qilmaslikni aytsak bu javobgarlikdan qutulamiz? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imkoni topilganda aytaversak javobgarlikdan qutilamiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:55 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar