haloluz saytida muzqaymoq haqidagi maqolaga oid
Assalamu alaykum! Maqola mazmuniga ko‘ra, muzqaymoqqa qo‘shiladigan aksar narsalarni ishlab chiqarishda kimyoviy spirt yoki alkogol qo‘llanilishi qayd etilgan. Shu sababli savollarim: 1.Spirtning turlari ko‘p, biz alkogol deganda etil spirtini tushunamiz. Spirtning boshqa turlari odatda iste’molga mo‘ljallanmagan (hatto, dunyoviy qonunlar bo‘yicha ham oziq-ovqat mahsuloti deb e’tirof etilmaydi), ular ham xamr hukmidami? 2.Muzqaymoqqa qo‘shiladigan xushbo‘ylantiruvchilar, vanil, qandolat mahsulotlari yoki yopishqoq qiladigan qoplamalarni ishlab chiqarishda qo‘llanilgan spirtga nisbatan istihola sodir bo‘lmaydimi? 3.Respublikamizda halollik shartiga javob beradigan qaysi muzqaymoq ishlab chiqaruvchilari va brendlari mavjud?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Spirt turli narsalardan olinadi.
1-Uzum, hurmo, bug‘doy va asallardan tayyorlangan mast qiluvchi ichimliklar bilittifoq harom bo‘lib, ularni biror narsaga dori vositasida foydalanish ham harom.
2-uzum va hurmodan tayyorlangan. Bu bilittifoq nopok. U aralashgan davo ham nopok bo‘ladi. Uni ichish ham harom. Juda ham majbur holatda mohir tabib biror bemorga “Bundan boshqa shifo bo‘ladigan davo yo‘q” desa, zarurat miqdoricha ushbu spirtdan aralash dorini iste’moli joiz. “Nihoya” kitobida “Zahira”dan naql qilinib : “Harom narsa bilan davolanish, unda shifo borligi aniq va bundan boshqa davo yo‘q bo‘lgan suratda joizdir” deyilgan. (Bahrur roiq).
3-yuqoridagi uzum va hurmodan boshqa narsalardan olingan spirt masalan bug‘doy, asal. Uning pok va nopokligi haqida ulamolar ixtilof qilganlar. Abu Hanifa va Abu Yusuf rohimahumallohlar nazdlarida bunday spirt pokdir. Mast bo‘lish maqsadida ichilsa joiz emas, lekin davo sifatida iste’moli joizdir. Imom Muhammad nazdlarida bunday spirt najosati hafifadir. Fatvo imom Muhammadning qavliga ko‘ra berilgan bo‘lsada, umumiy balvo qoidasiga ko‘ra spirt aralashtirilgan dorilarni mast bo‘lish maqsadidan tashqari davolanish o‘rinlarida foydalanish joizdir. Garchi taqvo va ehtiyotkorlik imom Muhammadning qovlida bo‘lsada. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:31 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar