Maxfiy namoz

Assalomu alaykum! Men Buxorolik birodarimning maxfiy namoz o‘qiyotganida yonida o‘tirib namoz o‘qidim(maxfiy namoz), lekin birodarim maxfiy namozni shu qadar bildirib o‘qidiki xatto men namozimda chalkashib qoldim. Men undan nega maxfiy namozni bu qadar bildirib o‘qiyapsan deb so‘radim. U esa shunday qilmasam xarflarni maxrajlari va sifatlari to‘g‘ri chiqmaydi, buning oqibatida namozimning buzilish xavfi juda katta bo‘ladi deb aytdi. Shundan so‘ng men o‘zimning xam maxfiy o‘qidigan namozimni o‘zgalar yordamida tekshirib ko‘rdim, chunki men xam imkonim boricha xarflarni maxraj va sifatlariga amal qilgan xolda o‘qishga xarakat qilaman. Mening maxfiy o‘qigan namozlarimni kuzatganlar men qiroatda qaysi surani o‘qiganimni sezishganlarini aytishdi, ya’ni past bo‘lsada qiroatimni eshitishibdi. Keyin men yanada maxfiy o‘qishga xarakat qildim, lekin bunda birodarim aytganidek ayrim xarflarning maxrajlari va xarflarning ayrim muxim sifatlari (misol uchun jarangdorlik sifati va boshqalar) to‘g‘ri chiqmadi. Shu masala meni juda xam o‘ylantirib qoldi. Iltimos shu masalani echib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalida shunday bo‘ladi, keyin o‘z holiga tushib qoladi. Yonidagi odam eshitadigan darajada bo‘lsa, jahriy bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 185 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar