Duo qilishda shirk keltirish

Assalomu alaykum! Ba’zida ziyorat sabab yoki bir ibodat sabab Bahoviddin Naqshbandiy ziyoratgoxiga yoki boshqa bir ziyoratgoxlarga borib qolamiz. Shunda to‘planib turgan odamlar orasida bir yoshi katta insonni duo qilib turganini ko‘ramiz. Shunda biz xam shu duoga qo‘l ko‘tarib turamiz, lekin ba’zida shu duo oxirida «faloncha boboni ruxlari qo‘llasin, faloncha bizga yor bo‘lsin» degan so‘zlarni eshitib qolamiz. Shu paytda shariat nimani buyuradi? Duoni tark etib ketsak xurmatsizlik, agar buncha odam orasida bunday demang desak fitnaga sabab bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unday o‘rinda duoni tark qilish hurmatsizlik emas, Alloh buyurgan ishni qilish bo‘ladi. Imkoni bo‘lsa hammani ichida bunday deyish shariatga zid ekanligini uqtirib qo‘yish kerak. Alloh taolo insonlar bu dunyoda tushishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarni bilgani uchun o‘sha holatning har birida faqat O‘zigagina murojaat, munojot va duo qilsinlar uchun oyatlarda va payg‘ambarining tilidan hadislarda O‘z sifatlarini bayon qilgan va so‘rashda O‘ziga hech narsani sherik qilmaslikka buyurgan. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 164 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar