Tegirmon ishlatish

Assalomu alaykum! Bir tanishim daromad ko‘rish maqsadida un ishlab chiqaruvchi tegirmonni ishga tushirmoqchi ekan. Topgan daromadini xalol bo‘lishligi uchun ayrim savollarga javob istab men orqali sizlardan yordam so‘rayapti. Tanishimning aytishicha tegirmonga solinadigan bug‘doyni namlab solish kerak ekan (namlanmasa yaroqsiz maxsulot chiqar ekan). Natijada 100 kg bug‘doydan tayyor maxsulot sifatida 83 kg un va 20 kg kepak chiqar ekan. Ya’ni 3 litr suv maxsulotning tarkibiga o‘tib qolar ekan. Savol: o‘sha 3 kg ortiqcha maxsulotning foydasi xalolmi va tanishimga birov 100 kg bug‘doy keltirib berib tegirmondan o‘tkazib berishligini so‘rasa, u esa xizmat xaqqi uchun 10 kg un olsa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Namlanmasdan oldin tarozida tortib keyin soladi. Chiqqan unning hammasi va kepagi olib kelgan kishiniki bo‘ladi. Xizmat haqiga 10kg un olamiz deyish joiz. Bunda 10kg uni qaerdan olinishini mutloq qilib aytiladi. Shu chiqargan unimizdan 10kg olamiz deyishgina joiz emas. Xohlasin 10kg beruvchi boshqa joydan olib kelsin yoki chiqargan uningizdan 10 kg ini bersin. Gap siz shu chiqargan unimizdan berasan deb qaydlash yoki 10kg un xizmat haqi olamiz deb mutloq aytishligingizga bog‘liq. Birinchi suratda joiz emas ikkinchi suratda joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:14 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar