Mayitning to‘pig‘i yorilishi

Assalomu alaykum! Mayitning 51-kundan, 52-kunga o‘tar kechasi tavoni yorilar ekan. Shuning uchun oila azolari yarim tunda kichik Qur’on xatm qilib, nafl namozini o‘qishlar lozim bo‘lar ekan. Dinimizga shunga buyurilganmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizda bunday 51-52 degan narsa ham unga qilinadigan marosim ham yo‘q. Qolaversa mayyitning holi nima bo‘lishi g‘aybdagi ish. Qancha qancha mayyitlar xuddi tirikdek yotadilar. Mayyitning chirishi fasl va mintaqaga qarab har xil bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar