Odam as ni gunohlarga taqdirni sabab qilgani va namoz o‘qimaslik haqida
Assalomu alaykum! bitta odam menga bir hadis aytgan edi uni mazmuni quyidagicha Muso a.s osmonda Odam a.s ni ko‘rib qolibdi va unga ey Odam seni kasofating bilan butun odamzot jannatdan quvilib yur yuzida yashayapdi nimaga bu gunohni qilding desa Odam a.s ey Muso bu bir taqdir degan ekanlar ya’ni qilgan gunohlariga taqdir ni sabab qilgan ekanlar . bu hadisdan odam nima gunoh qilsa ham bu aslida taqdir baribir shu gunohni qiladi degan ma’no chiqyapdimi yoki masalan biz ham qiyomatda namoz o‘qimay , aroq ichib , zino qilib bir olam gunoh bilan mahsharda turganda Ollohni savol javobi paytida nimaga namoz o‘qimading nimaga aroq ichib zino qilding desa biz Odam a.s ga o‘hshab bu bir taqdir deb qutulsak bo‘ladimi ? 2) bu ham yuqoridagi savolni mantiqiy davomi. Meni anchadan beri bitta savol qiynab kelyapdi iltimos shu savolga batafsilroq javob bersangiz yuqorida aytilganday Odam a.s ni gunohi bilan butun odamzot qiyomatgacha jannatdan quvilib er yuzida yashahga mahkum bo‘lgan ammo Olloh uni gunohini kechirgan . men bu saytdagi namoz haqidagi savol javoblarni o‘qib boraman ,ularda namoz o‘qimaslik juda qoralangan , tavba qilsa ham kechirilmas gunohdek go‘yo . Nimaga namoz o‘qimaslikdan ko‘ra 100 trillion marta ulkan Odam a.s ni gunohini kechirgan Olloh Odam a.s ni gunohi oldida okeannan bir tomchi oddiygina namoz o‘qimaslikni kechirmaydi ahir birov namoz o‘qimasa hech kim jannatdan quvilmaydiku . bundan tashqari Olloh Odam a.s ga o‘sha mevadan emaslikni O‘zi tayinlab aytgan namoz esa bilvosita Qur’onda kelgan ya’ni meva emaslik haqida buyruq namoz haqidagi buyruqdan ko‘ra qattiqroq ,qat’iyroq ,jiddiyroq bo‘lgan . Iltimos menga tushintirib bersangizlar nimaga namoz o‘qimaslikdan ko‘ra trillionlar marta ulkanroq Odam ni gunohi kechirilgan ammo unga solishtirganda okeannan bir tomchi namoz o‘qimaslik kechrilmaydi deb yozilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Albatta, orqasidan Odam alayhissalomdek tavba ham qilish kerak. Qancha yil sargardon bo‘lib tavba qilganlarini bilsangiz kerak. 2). Kechirilmaydi deyilmagan. Jazosi og‘ir deyilgan. Dinimizda shirkdan boshqasi astoydil tavba qilish bilan kechiriladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Albatta, orqasidan Odam alayhissalomdek tavba ham qilish kerak. Qancha yil sargardon bo‘lib tavba qilganlarini bilsangiz kerak. 2). Kechirilmaydi deyilmagan. Jazosi og‘ir deyilgan. Dinimizda shirkdan boshqasi astoydil tavba qilish bilan kechiriladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:02 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar